Mahbudxo‘ja Behbudiy — jadidchilik harakati asoschisis

Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o’zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist, yangi davr o’zbek madaniyatining asoschisidir.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi, Andijon Davlat Universiteti hamda viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida 14014-harbiy qismda o’tkazilgan “Mahbudxo’ja Behbudiy — jadidchilik harakati asoschisi” mavzusida adabiy-musiqali kecha o’tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi raisi Xurshidabonu Qo‘chqarova va a’zosi O.Meliyev Behbudiy merosining ahamiyati, uning ibratli hayot yo’li, umrini baxshida etgan hayotbaxsh g’oyalari haqida batafsil to’xtaldilar.
ADU O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi B.Yunusovalar Behbudiy tariximizning g’oyat og’ir va murakkab bir davrida yashaganini, mana shunday sharoitda ham Vatanni butunlay yo’q bo’lish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotta boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan Behbudiy boshliq fidoyilar zimmasiga tushganini aytib o’tdi.
Tadbir davomida Muhammad Yusuf ijod maktabi o’quvchilari ishtirokida namoyish etilgan sahna ko’rinishi yoshlar qalbida yuksak bilim va ma’rifatlik, vatanparvarlik, faxr va iftixor tuyg’ularini uyg’otdi.
Viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan mavzu yuzasidan tashkil etilgan “Behbudiyning ma’naviy merosi” mavzusidagi adabiyotlar ko’rgazmasi orqali ishtirokchilar Behbudiy tomonidan o’z davrining dolzarb muammolariga bag’ishlangan asarlari va maqolalari, hati va ijodi yoritib berilgan asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.
Markazimizda Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.