Mahmudxo’ja Behbudiyning saboqlaris

O’zbek jadid adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, Turkiston jadidchilik harakatining rahnamosi bo’lmish Mahmudxo’ja Behbudiy yangi zamon o’zbek madaniyatining asoschisi edi. Mustaqillik g’oyalarini targ’ib etgan, millatni ilm-ma’rifatga chorlagan, yangi maktab g’oyasini, o’zbek dramasini boshlab bergan ilk dramaturg, teatr sohasida yangiliklar amalga oshirgan, milliy matbuotning shakllanishida beqiyos hissa qo’shgan vatan’arvar adibdir.
Bobur nomidagi viloyat axborot–kutubxona markazida adibning 150 yilligiga bag’ishlab “Mahmudxo’ja Behbudiyning saboqlari” mavzusida Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida insholar tanlovi o’tkazildi. Ishtirokchilarning adibning hayoti, ijodiy faoliyati va yoshlarga qoldirgan merosi bo’yicha yozgan insholari texnikumning xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.Soliyeva va markaz bosh mutaxassisi U.Kadirovalar hakamligi ostida tekshirilib, odilona baholandi. Ijodiy ishlarni baholashda inshoning mazmundorligi, fikrlar izchilligi va mavzuning qay darajada yoritilgani alohida e’tiborga olindi. Hakamlarning yakuniy xulosalariga ko’ra 1-o’rin Durdona Fozilova, 2-o’rin Rahbaroy Rasulohunova va 3-o’rin Sabina Ibrohimjonovaga nasib etdi. G’oliblar markazning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.