Behbudiy buyuk ma’rifatchi va o‘zbek milliy jadidchilik yo‘nalishining otasis

Mahmudxo’ja Behbudiy hayoti va faoliyatini yaqindan o’rganish va targ’ib qilish maqsadida Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Behbudiy buyuk ma’rifatchi va o‘zbek milliy jadidchilik yo‘nalishining otasi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi, Andijon davlat universiteti va Andijon viloyati davlat arxivi bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o’qituvchi va o’quvchilari hamda markaz kitobxonlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar Behbudiyning buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o’rin egallaganligi haqida gapirib, milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg’or taraqqiyot yutuqlarini o’zlashtirish orqali xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yo’lida o’z hayotini baxsh etgan fidoyi zot ekanligini aytib o’tdilar. Muhammad Yusuf ijod maktabi o’quvchilari tomonidan jadidlar qalamiga mansub she’r va monologlar o’qib eshittirildi.
Tadbir doirasida markaz mutaxassislari tomonidan “Behbudiyning ma’naviy merosi” mavzusida adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.