XOTIRA

Xotira

  • Qarshi shahri 1926–1937-yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan[39];
  • 1977-yilda „Saylanma“ asarlari chop etilgan;
  • Behbudiy asarlari Oʻzbekistondagi darslik va oʻquv qoʻllanmalariga kiritilgan;
  • Toshkent va Samarqand shaharlaridagi koʻcha va maktablarga nomi berilgan;
  • 2006-yilda Samarqandda yodgorlik oʻrnatilgan;
  • Tojikistonning Xoʻjand shahrida Behbudiy sharafiga gimnaziya ochilgan;
  • 2020-yilda Oʻzbekistonda allomaning 145 yillik tavalludi nishonlangan;
  • Toshkentdagi Adiblar xiyobonida Behbudiyga haykal qoʻyilgan[40];
  • 2002-yilda rejissyor Baqo Sodiqov Behbudiy haqida film suratga olishni boshlagan[41], keyinchalik bu ish toʻxtatilgan. 2020-yilda suratga olish ishlari qayta tiklandi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan premyera oʻsha yilning 8-dekabrida boʻlib oʻtgan[42];
  • 2021-yilning 18-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori asosida Samarqand shahrida Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi tashkil qilingan[43].
  • 2021-yilda Turkiyaning TRT Avaz telekanali „Köklerin İzinde“ turkumi ostida turkiy dunyo ziyolilarining hayoti va faoliyati yoritilgan filmlar suratga olgan. Filmning 17-qismi allomaga bagʻishlanib, „Mahmud Hoca Behbudi“ deb nomlangan[44];
  • 2024-yilning 22-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot taʼsis etish haqida qarori imzolangan[45][46];
  • 2025-yilning 3-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilingan[47]. Qarorga koʻra, 2025-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida „Mahmudxoʻja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini oʻrganishning dolzarb masalalari“ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasi tashkil etilishi belgilangan.