HAYOTI

Hayoti
Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yil 20-yanvarda Samarqand yaqinidagi Siyob volostining Baxshitepa qishlogʻida imom-xatib Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli xonadonida tugʻilgan. Otasi Ahmad Yassaviy avlodidan. Otasining buvasi Niyozxoʻjaning asli kelib chiqishi urganchlik boʻlib, Samarqandga XVIII asr oxirida, amir Shohmurod hukmronlik davrida koʻchib kelgan[1]. 1868-yilda rus askarlari Samarqandga bostirib kirgandan keyin otasi Behbudxoʻja oilasini olib Baxshitepa qishlogʻiga koʻchib oʻtgan va shu qishloqda imomlik qilgan. Behbudiyning onasi esa muftiy Odil Mansur oʻgʻlining singlisi boʻlgan.

Behbudiy dastlab otasidan Qur’on ilmini oʻrgangan, keyinchalik 6-7 yoshlarida togʻasi Muhammad Siddiq qoʻlida oʻqib, savod chiqargan. 15 yoshida boshqa bir togʻasi Mulla Odil oʻzi mudarrislik qilgan madrasada oʻqitib taʼlim bergan[2].

Behbudiylar oilasi maʼrifatparvar va ziyoli boʻlgan. Ikki singlisi ham oʻqib, tahsil olgan. Qur’onni yaxshi bilgan. Katta singlisi Huriniso „qoribegim“ unvoniga ega boʻlgan[3][4]. 1893-yilda onasi, 1894-yilda otasi vafot etgan.

Behbudiy 18 yoshida Chashmai ob volostida qozi vazifasida ishlagan togʻasi Muhammad Siddiq qoʻl ostida mirzalik qilgan. Togʻasi oldida ikki yil ishlagach, mirzalik faoliyatini Kobud volosti qozisi Mulla Zubayr Yaxshiboy oʻgʻli qoʻlida davom ettiradi. Chunki bu paytda togʻasi qozilikdan boʻshatilgan. Mirza va qozilik bilan shugʻullanib, soʻng Jomboyda muftiylik darajasiga koʻtarilgan. Behbudiy Kabut boʻlisida 10 desyatina yerga egalik qilgan[5]. Oʻziga toʻq va badavlat kishidir.

Behbudiy 1899–1900-yillarda buxorolik doʻsti Hoji Baqo bilan birga Makka va Madinada haj safariga otlangan. Shu sababli Rossiya, Arabiston, MisrTurkiyani kezib chiqqan. Safar jarayonida sayohatning har qanday turi – poyezdkema, otda va piyoda yurib dunyo kezgan. Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. 1914-yili ikkinchi marta haj safari chogʻida ShomQuddusOdessaIstanbul va boshqa shaharlarni kezgan. Oʻz sayohati davridagi xotiralarini Samarqandda nashr etilayotgan Oyna jurnalining tahririyatiga yuborib turgan.

1903–1904-yillarda MoskvaPeterburgOrenburgQozon va Qrimda boʻlgan. Maorif sohasida Rossiya va tatar arboblari tajribasini oʻrgangan. Mahmudxoʻja Behbudiy Ismoil Gaspirinskiy bilan birinchi marta 1897-yilda Gaspirinskiyning Turkistonga sayohati vaqtida Samarqandda tanishgan. Ismoil Gaspirinskiy bilan uchrashuvi keyingi hayotiga taʼsir katta koʻrsatdi. Ismoilbey va Behbudiyning ikkinchi uchrashuvi 1914-yilning yozida yuz bergan. Alloma marg’ilonlik bir kishi bilan Istanbulning Gülhane bogʻida yurganda tasodifan Ismoil Gasprinskiyni ko’rgan va oʻxshatgan boʻlsam kerak degan oʻy bilan  salom berib oʻtib ketgan. Orqasidan javob ovozi kelgach, ikki doʻst yaqindan ko’rishgan. Gaspiriniskiyning taklifi bilan Shahin posho mehmonxonasida yiz bergan suhbat  yetti soat davom etgan. Gaspirinskiy suhbat yakunida Behbudiyni Qrimga taklif etadi. Oradan koʻp oʻtmay Ismoilbey vafot etgan va Istanbuldagi uchrashuv ularning eng soʻnggi  qarshilashishi boʻlgan.


Oilasi

Mahmudxoʻja Behbudiy 1893-yilda uylanib, toʻrt oʻgʻil hamda bir qiz farzand koʻrgan.

Katta oʻgʻliga Maʼsudxon deb ism qoʻygan, u 1897-yili tugʻilgan. Mas’udxon ham eski maktabda, ham gimnaziyada tahsil olgan. Ulgʻaygach roʻznoma hamda nashriyotlarda tarjimon vazifasida ishlagan. 1933-yilda qatagʻon toʻlqini natijasida otasi Mahmudxoʻja Behbudiy „xalq dushmani“ deb eʼlon qilinadi. Maʼsudxon shundan soʻng taʼqibga uchrab Tojikistonga koʻchib oʻtishga majbur boʻladi. Oʻsha yerda yashirin ravishda ijod bilan shugʻullangan. 1937-yilda oʻrta maktab oʻquvchilari uchun adabiyot boʻyicha ikki darslik hamda ikkita darslik xrestomatiyasini yozib nashr ettirgan[36].

Ikkinchi farzandi Maqsudxon 1911-yili tugʻilgan. Dastlab „usuli jadid“ maktabida oʻqigan. Keyin Bokuda joylashgan muallimlar tayyorlash kursida ikki yillik tahsilni tamomlagan. 1932-yili 21 yoshida vafot etgan[36].

Qizi Parvinaxon (Surayyoxon ham deyishgan) 1902-yili tugʻilgan. 10 yoshigacha Abduqodir Shakuriy tashkil qilgan „usuli jadid“ maktabida oʻqigan. Keyinchalik Parvina asosan uyda tahsilni davom ettirib, muallimlardan fransuz va rus tillaridan saboq olgan. Ikki qizi yoshlik chogʻida vafot etgan. Oʻzi xalq dushmanining qizi tamgʻasi ostida kun kechirgan. 1987-yili vafot etgan[36].

Toʻrtinchi farzandi Matlubxon 1914-yili tugʻilgan. 1942-yilda Ikkinchi jahon urushiga safarbar qilingan. Urush davrida bedarak yoʻqolgan[36].


Vafoti

1919-yilda Favqulodda komissiya aygʻoqchilari koʻmagi bilan Shahrisabz bekligida Mahmudxoʻja Behbudiy va hamrohlari Muhammadquli Oʻrinboyev, Mardonquli Shomuhammedovlar qoʻlga olingan. Taxminan ikki oycha vaqt oʻtib, Qarshiga olib kelinib zindonga tashlangan. Qarshi begi Togʻaybekning buyrugʻi bilan bir necha kundan keyin Nuriddinxoʻja Ogʻaliq Ahmadxoʻja oʻgʻli tomonidan zindon yaqinid joylashgan „podsholik chorbogʻi“da qatl ettirilgan[32].

Allomaning qatl etilgani haqidagi xabar oʻsha paytdagi poytaxt Samarqandga rosa bir yildan keyin yetib keladi[33]. Behbudiyning oʻlimiga bagʻishlab Abdurauf Fitrat „Behbudiyning sagʻanasin izladim“ sheʼrini, Sadriddin Ayniy „Behbudiy Afandini esga tushirib, qatl va qatlgohga xitoban“, „Behbudiy ruhiga ithof“ va Choʻlpon „Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasiga“ nomli marsiyalarini yozgan[34]. Behbudiy oʻlimi arafasida izdoshlariga vasiyatnoma yozib qoldirgani manbalardan maʼlum. (Unda Fitrat, Siddiqiy, Vadud Mahmud, Akobir Mahdum, Abdulqodir Shakuriy bilan birga Ayniyning nomi ham qayd etilgan). Soʻnggi maktubida „Maorif yoʻlida ishlayturgʻon mualimlarning boshini silangizlar! Maorifgʻa yordam etingiz! Oʻrtadan nifoqni koʻtaringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qoʻymangiz! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingiz! Hammaga ozodlik yoʻlini koʻrsatingiz!“ deb xitob qilgan[35].