Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida joylashgan Adiblar xiyobonida “Qadriyatlarimiz — o‘zligimiz ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi, Xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, adabiyotshunoslar, Xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemirguvchi illatlar” sarlavhali maqolasining mazmun-mohiyati, unda alohida e’tibor qaratilgan muhim masalalar, jamiyat rivoji uchun aytilgan qimmatli fikrlar va maqoladagi mohiyat bugungi davr uchun ham o‘z dolzarbligi bilan ahamiyatli ekani haqida so‘z bordi.